Eronning Turkiya bilan chegarasida sodir boʻlgan zilzila oqibatida kamida 25 kishi jarohat oldi.

Maʼlumotlarga qaraganda, jabrlanganlarda sinish jarohatlari kuzatilgan. Gʻarbiy Ozarbayjon viloyati masʼullari Kotur tumani qishloqlarida uylarning qisman yoki toʻliq vayron boʻlganligini maʼlum qilgan.

Yevropa Oʻrta Yer dengizi seysmologik markazining qayd etishicha, Eron va Turkiya chegarasidagi hududda 5,7 magnitudali zilzila sodir boʻlgan. Zilzila markazi Eronning Tabriz shahridan 141 kilometr gʻarbda va Turkiyaning Ozalp shahridan 71 kilometr janubi-sharqda joylashgan. Silkinishlar oʻchogʻi 5 kilometr chuqurlikda ekanligi aytilmoqda.

Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu mamlakat sharqida kamida yetti kishining halok boʻlganini maʼlum qilgan.

Facebook Comments