“Rossiya Segodnya” RT kanalining bosh muharriri Margarita Simonyanning maʼlum qilishicha, Turkiyaning Anqara shahrida nomaʼlum shaxslar vatanga xiyonat qilishda ayblab, “Sputnik Turkiya” nashrida faoliyat koʻrsatadigan uch xodimining uyiga bostirib kirgan.

Ular tahdid qildilar va jurnalistlarga qarab Vatan xoinlari deb baqirishdi, chunki ular Rossiya uchun ishlaydi, deb yozadi Simonyan oʻzining Tvitter sahifasida.

“Sputnik Turkiya” saytida aytilishicha hodisa Toshkent vaqti bilan 00:30-01.00 atrofida sodir boʻlgan.

Uyushgan guruh millatchilik shiorlari, haqoratlar va tahdidlar orqali uyga bostirib kirishga harakat qilishdi. Hattoular eshiklarni buzishga ham harakat qilishgan, deyiladi xabarda.

Tajovuzga uchragan xodimlarning soʻzlariga koʻra, ular guruhlarga boʻlingan boʻlib har bir guruhda kamida oʻn kishi boʻlgan. Ular politsiya kelishidan oldin yashirinishga ulgurgan. Jurnalistlar huquq-tartibot idoralariga murojaat qilishga majbur boʻlgan.

Vaziyatni sharhlagan Simonyan politsiyaning reaksiyasi qanday boʻlishi qiziqligini taʼkidlagan. U, shuningdek, tajovuzkorlar xodimlarning uy manzillarini qanday bilishganiga qiziqayotganini yozib qoldirgan.

Facebook Comments