Turkiya Eron bilan chegarani ehtiyot chorasi sifatida yopishga qaror qildi. Qaror Eronda koronavirus yuqishining 43 ta holati qayd etilgandan soʻng qabul qilingan.

Xabarda yozilishicha, turk-eron chegarasidagi Kapikoʻy va Esendera nazorat-oʻtkazish punklari yopilgan. Ushbu choralar Turkiya sharqidagi Van viloyatiga Navroʻz ayyomi arafasida Erondan kelayotgan sayyohlar koʻpayishi sabab qabul qilingan.

Eronda koronavirus tarqalishi sabab mamlakatning qator hududlarida taʼlim muassasalari yopilgan hamda madaniyat tadbirlari bekor qilingan.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Eronda koronavirus yuqtirishning 43 ta holati qayd etilgan. Undan vafot etganlar 8 kishini tashkil etadi. Аvvalroq Iroq, Pokiston, Turkmaniston ham Eron bilan chegaralarni yopishgan edi.

Facebook Comments