Iordaniyada boks boʻyicha litsenzion turnir davom etmoqda. Bugun Oʻzbekiston terma jamoasi Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlariga ikkinchi yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Bu haqda MOQ xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, biroz avval -91 kilogramm vazn toifasida hamyurtimiz Sanjar Tursunov chorak final jangini oʻtkazgan. Eronlik Tufan Sharifi bilan kechgan bahsda Sanjar toʻliq ustunlik qildi va yarim final yoʻllanmasiga ega chiqdi.

Musobaqa reglamentiga koʻra -91 kilogramm vazn toifasida ushbu musobaqada Tokio-2020 uchun 4 ta kvota oʻynalmoqda. Demak, yarim final final yoʻllanmasi surxondaryolik bokschiga Olimpiadada qatnashish huquqini beradi.

Shu tariqa Oʻzbekiston delegatsiyasining Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlariga qoʻlga kiritgan yoʻllanmalari soni 16 taga yetdi. Bugun Olimpiada litsenziyalari uchun ringga yana 3 nafar bokschi ringga koʻtariladi.

Facebook Comments