21-aprel kuni, Sirdaryo viloyati hokimi Gʻofurjon Mirzayev 56 yoshni qarshiladi. Shu munosabat bilan hokimni qoʻl ostidagi xodimlari tabrikladi.

“Viloyatimiz hokimini Sirdaryo ahli nomidan chin yurakdan qutlaymiz. Umringiz uzoq boʻlsin. Mana shunday navqironlik sizni aslo tark etmasin. Siz Sirdaryo viloyatiga kelgan kundan boshlab, Muhtaram prezidentimiz rahnamoligida yangilanish, yangi oʻzgarishlarni boshlamoqdasiz.
Bugun viloyatimiz gullarga burkanib, yangidan-yangi binolar qad rostlamoqda. Yosh oʻgʻil-qizlar uchun yangi maktablar barpo etilib, fermer dehqonlarimiz uchun eʼtibor yana-da kuchaymoqda.
Har sohada namuna ifodasi boʻlmoqdasiz. Sizni tavallud kuningiz bilan yana bir bor chin yuragimizdan qutlaymiz. Ishlaringizda ulkan zafarlar hamisha yor boʻlsin. Biz Sizni yaxshi koʻramiz viloyatimiz hokimi Gʻofurjon Mirzayev”, deyiladi tabriknomada.

Maʼlumot uchun, Gʻofurjon Mirzayev 1964-yil 21-aprelda Fargʻona viloyati Bagʻdod tumanida tugʻilgan. U 1990-yil Toshkent politexnika institutini, 2000-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

Shuningdek, 2003-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan.

Facebook Comments