Saudiya Arabistonida rasman ayollar futbol ligalarini tashkil etish to’g’risida qaror qabul qilindi. Bu haqida BBC nashri xabar bermoqda.

Musobaqa 3ta shaharda bo’lib o’tadi. Islohot muallifi valiahd shahzoda Muhammad bin Salmondir.

Bunday musobaqalar ayollarning sportga bo’lgan qiziqishini oshirishga yordam beradi deya taxmin qilinmoqda.

2018 yilda ayollar ilk bor erkaklar o’rtasidagi o’yinni tomoshabin sifatida kuzatishgan. O’shanda ular uchun alohida tribunalar tashkil qilingan edi.

Facebook Comments