Ispaniyaning “Real Madrid” futbol klubi jamgʻarmasi 2020 yil sentyabrda Toshkent va Samarqandda 2 ta xususiy sport maktabini ochadi.

Gap nimada?

27 fevral kuni “Real” jamgʻarmasi vitse-prezidenti Enrike Sanches, “Real” elchisi Santyago Solari “Santyago Bernabeu”da Oʻzbekistonning Ispaniyadagi elchisi Jahongir Gʻaniyev va El Golazo MChJ bosh direktori Zokirjon Xoliqov bilan uchrashgan.

Xabarga koʻra, maktab ochish haqidagi shartnoma imzolangan. Kelishuvga koʻra, sport maktablari Samarqanddagi 59 va Toshkentdagi 281-maktablarda tashkil etiladi. Hozircha bu maktablarga 300 oʻquvchini qamrab olish koʻzda tutilgan.

Bu sport maktablarida oʻquvchilar va murabbiylarga oʻquv qoʻllanmalari beriladi, tajriba oshirishlari uchun stajirovkalar tashkil qilinadi. Xorijiy murabbiylar va oʻyinchilar bolalar uchun master-klasslar oʻtadi.

Facebook Comments