“Real Madrid” klubi hujumchisi Karim Benzema koronavirus tufayli Ispaniya chempionatida yuzaga kelgan majburiy tanaffusda zerikayotganligini ma’lum qildi.

“Menga karantindagi hayot yoqmadi. Zerikarli. Bog‘da turibman, nima bilan mashg‘ul bo‘lishimni ham bilmayman. Hammaga xayr”, – deya chiqish qilgan Benzema Instagram’dagi sahifasida.

Ma’lumot uchun, Ispaniya chempionati 12 mart kunidan 2 hafta muddatga to‘xtatildi. Chempionlar ligasi chorak finali doirasidagi “Manchester Siti” – “Real” va boshqa yevrokubok bahslari ham to‘xtatilganligi e’lon qilingandi

Facebook Comments