EFFECT.UZ axborot agentligi jurnalisti Elyor Tojiboyev Fargʻona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi polkovnik Donyor Toshxoʻjaev rahbarligida oʻtkazilgan brifingda qatnashdi.

Brifingda 2020 yil 6 fevral kuni Qoʻqon shahrida sodir etilgan qotillik hamda 18 fevral kuni Dangʻara tumanida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi boʻyicha fikr mulohazalar bildirildi.

Mazkur “Ochiq va oshkora muloqotdamiz” mavzusidagi brifing jarayonida boshqarma boshligʻi Donyor Toshxoʻjaev jurnalist va blogerlarga 2020 yil 6 fevral kuni Qoʻqon shahridgi “Shedevr” choyxonasida bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan toʻqnashuv vaqtida oʻq otar quroldan otishma boʻlgani, hozirda viloyat prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib tergov harakatlari olib borilayotganligi, kelgusida bunday jinoyatlarni takrorlanishini oldini olish boʻyicha tezkor profilaktik ishlar kuchaytirilganligi haqida gapirib oʻtdi.

Soʻng brifingda viloyat prokuraturasining masʼul xodimi qatnashib “Shedevr” choyxonasida sodir etilgan toʻqnashuv yuzasidan oʻz fikr mulohazasini bildirdi.

Shuningdek, brifingda Fargʻona viloyati IIB Yoʻl harakati xavfsizligini boshqarmasi boshligʻi mayor Shamsiddin Usmonov 18 fevral kuni Dangʻara tumanida sodir etilgan dahshatli yoʻl-transport hodisasi tufayli 3 nafar fuqaro halok boʻlganini maʼlum qildi.

Hozirda avtotransport vositalarida odamlarni oʻlimi bilan bogʻliq holatlarni oldini olish va takrorlanishiga yoʻl qoʻyilmaslik yuzasidan keskin profilaktik va tushuntirish ishlari oʻtkazilayotganligi, boshqarma boshligʻi polkovnik Donyor Toshxoʻjaev tashabbusi bilan viloyat hududida bir oylik “Mehr tadbiri” oʻtkazilayotganligi, ushbu tadbirdan asosiy maqsad haydovchliarni jazolash emas, balki ularni kelgusida salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan qoʻpol huquqbuzarliklarni oldini olishda ekanligi haqida fikr-mulohazalar bildirdi.

Brifing davomida ishtirokchilar tomonidan jurnalist va blogerlarni savollariga bir qator javoblar olindi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *