Bugun, 24-aprel kuni Narmatov Behzot Rahmatullayevich Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirini Alisher Sultonovning oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu tayinlov Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 23-apreldagi 4693-sonli qarori bilan amalga oshirilgan.

Alisher Sultonov

Maʼlumotlarga koʻra, ilgari ushbu lavozimni egallab kelgan Umidjon Isroilov boshqa ishga oʻtganligi sababli lavozimidan ozod etilgan.

Behzod Nurmatov

Behzot Narmatov bunga qadar Energetika vazirligining Geologiya, neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi. Ungacha “Andijonneft” AJ boshqaruvi raisi lavozimida ishlagan.

Facebook Comments