Kecha, 23-aprel kuni Innovatsion sogʻliqni saqlash Milliy palatasi Toshkent aeroportida KTEA oʻpka kasalliklarini davolash uchun elektron apparatlardan iborat 4 ta jamlanmani kutib oldi, bu apparatlar Uxan shahrida COVID-19ning ogʻir koʻrinishlarini davolashda yuqori samara bergan.

Taʼkidlanishicha, Innovatsion qurilma Oʻzbekistonga Milliy palata va Pekinning “Bei Jing Hong Tian Li Fhamaceutical Co.Ltd” kompaniyalari oʻrtasidagi hamkorlik doirasida yetkazib berilgan. U shifoxonalarga koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun begʻaraz topshiriladi.

Milliy palata asosiy xususiyatlari zaruriyat va dolzarblik boʻlgan amaliy tibbiyot, ilmiy ishlanmalar va qurilmalarni ishlab chiqarishni oʻzida mujassam etgan ushbu yirik Xitoy korporatsiyasi bilan oʻtgan yilning oxirida hamkorlikni yoʻlga qoʻygan edi. 2019-yil noyabr oyida tomonlar sogʻliqni saqlash va farmatsevtika sohalarida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolaganlar.

“Birinchi boʻlib zarbani qabul qilgan Xitoyning oʻzi tomonidan COVID-19ga qarshi kurashda bosib oʻtgan qiyin davriga qaramay, yoʻlga qoʻyilgan hamkorlikni qoʻllab quvvatlagan holda, xitoylik hamkor tomonidan Milliy palata uchun nafaqat aynan qanday innovatsion qurilmani hozir taqdim etish zaruratini tahlil qilindi, balki buni amalga oshirish uchun moliyaviy yordam imkoniyati ham taqdim etildi.

Milliy Palata uchun bu Xitoy kompaniyasi bilan birgalikda ishlab chiqilgan rejalarni amalga oshirishning muhim bosqichi boʻlib, uning bosh maqsadi ikki mamlakatning eng yaxshi tibbiy amaliyotini, jumladan anʼanaviy xitoy tabobatining koʻp asrlik usullari va eng yaxshi zamonaviy ishlanmalarni almashishdir. Koronavirusga qarshi kurashda Xitoy tomonidan bosib oʻtilgan yoʻl ushbu mamlakat shifokorlariga katta tajriba berdi. Shuni yodda tutgan holda, muzokaralar davomida Milliy Palata raisi Rovshan Izamov, shuningdek, Xitoy Hayot va sogʻliqni saqlash assotsiatsiyasi bilan hamkorlik toʻgʻrisida kelishuvga erishdi.

Ushbu uyushma direktorining oʻrinbosari Chen Xinpingning soʻzlariga koʻra, Xubey viloyatining Uxan shahrida KTEA elektr qurilmalari COVID-19 tashxisi qoʻyilgan bemorlarni davolashda yuqori samaradorlikni namoyish etgan. Natijada, Xitoy poytaxti Pekin shahridagi aksariyat kasalxonalar hozirda KTEA qurilmalari bilan jihozlangan.

Xitoy tomoni KTEA-dan foydalanish va davolash usullari toʻgʻrisida mavjud barcha maʼlumotlarni taqdim etdi. Bu maʼlumotlarni ushbu elektr asboblarni koronavirus infeksiyasining ogʻir shakllarini davolash uchun Milliy Palata tomonidan yuboriladigan kasalxonalar mutaxassislari tomonidan olib, oʻrganilishi mumkin. Albatta, bu oʻzbekistonlik mutaxassislar oʻrtasida ushbu innovatsion usul haqida bilimlarni keng tarqatish uchun xizmat qiladi”, deyiladi Milliy palata matbuot xizmati xabarida.

Qoʻshimcha qilinishicha, oʻpka kasalliklarini davolash uchun elektr moslamasi KTEA-TTS Treatment Device Xitoyning “Beijing Shenzhou Hanfang Medical Technology Co. Ltd” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan.

Bemorlarni davolashda KTEA-dan amaliy foydalanish bilan bir qatorda, ushbu hamkorlik Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash tizimiga yangiliklarni olib kirish, koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda oʻzbekistonlik va xitoylik shifokorlar oʻrtasida tajriba almashishni kengaytirishga imkon beradi.

Ravshan Izamovning soʻzlariga koʻra, Chen Xinping bilan WeChat ijtimoiy tarmogʻida maxsus guruhlar tashkil etish orqali onlayn-konsultatsiyalarni tashkil etish imkoniyati toʻgʻrisida kelishuvga erishilgan. Bu xitoylik shifokorlarga bugungi kunda COVID-19 bilan ogʻrigan bemorlarni davolashda ustuvor boʻlgan KTEA uskunasidan samarali foydalanishda amaliy yordam koʻrsatishga imkon beradi.

Facebook Comments