Bugun, 15-mart kuni Oʻzbekistonda qayd etilgan koronavirus bilan kasallanganlik boʻyicha ilk holat ortidan bir qator ommaviy jarayonlar, tadbirlar, kun tartiblari bekor qilindi va taʼlim muassasalari yopildi.

Maʼlum qilinishicha, 16-martdan eʼtiboran Oʻzbekistondagi barcha futbol uchrashuvlari bekor qilindi. Alohida topshiriqsiz hech qanday futbol uchrashuvlari oʻtkazilmaydi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 15-mart, yakshanba kuni, koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi bemor 14-mart kuni Respublika Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti klinikasiga COVID-19 koronavirus infeksiyasida gumon qilinib, yotqizilgani haqida xabar berdi.

Facebook Comments