Hukumat qarori bilan yuqori mehnat samaradorligiga erishayotgan jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilarini munosib ragʻbatlantirishni tashkil etish maqsadida bir qator qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Jumladan, Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra:

Taʼlim muassasalarining quyidagi jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga malaka toifasi (lavozim) toʻgʻridan-toʻgʻri (attestatsiyadan oʻtkazilmasdan) beriladi:

– tuman (shahar) miqyosidagi sport musobaqalarining 1-oʻrin sovrindorlarini tayyorlaganlarga – ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi);

– viloyat miqyosidagi sport musobaqalarining 1-oʻrin sovrindorlarini tayyorlaganlarga – birinchi malaka toifasi (yetakchi oʻqituvchi lavozimi);

– xalqaro hamda respublika miqyosidagi sport musobaqalarining 1, 2 va 3-oʻrin sovrindorlarini tayyorlaganlarga – oliy malaka toifasi (bosh oʻqituvchi lavozimi).

Shuningdek, endilikda OTMlar reytingini aniqlashda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish boʻyicha faoliyat ham mezon sifatida hisobga olinadi.

Facebook Comments