Toshkent va Xorazmda 18 nafar bemor toʻliq tuzalib, jami sogʻayganlar 700nafardan oshdi, deya xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Jumladan, Toshkentdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 2 nafar, Xorazm viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 16 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar butunlay sogʻaydi. Ular respublika va viloyat sogʻliqni saqlash sohasi masʼullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatilgan.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida sogʻayganlardan 1 nafari (4 yoshli bola) Toshkent shahridan boʻlib, koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Yana 1 nafari (40 yoshli erkak) Buxoro viloyatidan boʻlib, Rossiyadan charter reysda kelgan. Ushbu klinikada shu paytga qadar 68 nafar bemor sogʻaygan boʻlsa, endilikda ular 70 nafarga yetdi.

Xorazm viloyatida sogʻayganlarning 15 nafari joriy yil 22-mart kuni Rossiyadan charter reys bilan kelishgan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan.Qolgan 1 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Ulardan 15 nafari erkak, 1 nafari ayoldir. Bemorlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Qashqadaryo viloyatidan 3 nafardan, Toshkent, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahridan 2 nafardan, Namangan, Buxoro, Samarqand va Surxondaryo viloyatlaridan 1 nafardan. Ular orasida eng yoshi kattasi 54 yoshda boʻlsa, eng yoshi kichigi 22 yoshda.

Xorazm viloyatidan ayni paytga qadar 45 nafar bemor butkul sogʻaygan boʻlsa, endilikda ular 61 nafarga yetdi. Shunday qilib, bugun ayni paytga qadar 86 nafar bemor tuzalib, Respublika boʻylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sogʻaygan bemorlar 707 nafarni tashkil etmoqda.

Facebook Comments