Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Bioorganik kimyo instituti tomonidan yaratilgan “Rutan” preparatini “China-Uzbekistan medicine technical park” XK MCHJ da ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish maqsadida mazkur texnoparki bilan litsenzion shartnoma rasmiylashtirildi.

Shuningdek, Institutda oʻtkir respirator infeksion kasalliklarga qarshi ishlab chiqilgan 30 ta yangi biologik faol birikmalarni COVID-19 virusiga qarshi taʼsirini sinovdan oʻtkazish maqsadida Shanxay tibbiy materiya institutiga yetkazib berildi.

Hozirda ushbu birikmalarni tojdor virusiga qarshi taʼsiri Shanxay tibbiy materiya instituti xodimlari tomonidan skrining qilinmoqda.

Facebook Comments