Rossiyaning Pekindagi elchixonasi maʼlum qilishicha, 29 fevral kuni “Aeroflot” SU204 Moskva-Pekin reysida COVID-19 bilan kasallangan deb gumon qilingan yoʻlovchi aniqlandi. Bu haqda “РИА Новости” xabar bermoqda.

“29-fevral kuni ertalab Pekin avia shirkatiga qarashli “Aeroflot” aviakompaniyasining Moskvadan SU204 reysi bilan uchayotgan samolyoti bortida yangi turdagi COVID-19 koronavirusi bilan kasallangani gumon qilingan bemor aniqlandi”, deyiladi xabarda.

Rossiya elchixonasi ushbu yoʻlovchi chet el fuqarosi ekanligi va u Erondan Moskvadagi “Sheremetevo” aeroporti orqali Pekinga yoʻl olayotganiga aniqlik kiritgan.

Taʼkidlanishicha, samolyot yoʻlovchilari va ekipajlari tibbiy diagnostika uchun maxsus muassasaga yetkazilgan.

Facebook Comments