“Barselona” futbolchisi Lionel Messi kecha kecha LaLiga 27-turi doirasida “Real Sosedad”ga qarshi o`yinda yagona gol muallifiga aylangan edi.

Ushbu gol Messining 474-o‘yindagi 438-goliga aylandi. Shunday qilib, Messi kuchli beshlik chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi. Bu borada Leo Krishtianu Ronalduni ortda qoldirib, rekord o‘rnatdi.

«Yuventus»ning portugaliyalik forvardi hisobida 540 o‘yinda kiritilgan 437ta gol mavjud.

Ma’lumot uchun, Messi joriy mavsumda La Liga doirasida 22 o‘yinda maydonga tushib, 19ta gol va 12ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Facebook Comments