Soliq kodeksi bilan 2020-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida jismoniy shaxslarga xizmatlarni elektron shaklda taqdim etadigan xorijiy kompaniyalari uchun qoʻshilgan qiymat soligʻini (QQS) toʻlash joriy etildi.

Mamlakatimizda bunday kompaniyalarni roʻyxatga olish uchun Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan maxsus xizmat – Internet-kompaniyalarning QQS-ofisi — http://tax.uz yaratildi.

Bugungi kunga qadar QQS-ofis orqali Oʻzbekistonda 9 ta xorijiy kompaniyalar ixtiyoriy soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatdan oʻtdi.

Ular quyidagilardir:

– Google Commerce Limited;

– Google Ireland Limited;

– Google Voice Inc;

– Apple Distribution International Limited;

– Netflix International B.V.;

– Samsung Electronics Co., Ltd.;

– Sleverbridge AG;

– Xsolla (USA), Inc.;

– Activision Blizzard International BV

QQS boʻyicha birinchi toʻlov “Google Commerce Limited” kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi. Kompaniya joriy yilning I choragi yakunlariga koʻra davlat byudjetiga 85 ming yevro miqdorida mablagʻ toʻladi.

Ixtiyoriy roʻyxatdan oʻtish, chet el korxonalari (kompaniyalar) oʻz imijiga putur yetkazmaslik bilan bir qatorda hududida pullik xizmat koʻrsatayotgan davlatning qonunlarini hurmat qilishlarini bildiradi.

“Hozirda mamlakatimizda ham elektron tijorat tezkorlik bilan rivojlanayotganligini inobatga olib, bunday ixtiyoriy roʻyxatdan oʻtish va soliqlarni toʻlash mahalliy tadbirkorlar uchun ham yaxshi namuna boʻladi.

Davlat soliq qoʻmitasiga QQS-ofisi orqali roʻyxatdan oʻtish uchun xorijiy kompaniyalardan arizalar kelib tushishi davom etmoqda” deyiladi DSQ xabarida.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован.