FIFA klublarga mavsumning yakunlanish sanasi ma’lum bo‘lgunga qadar futbolchilar bilan kelishuvlarni uzaytirish talabini qo‘ymoqchi.

Ayni paytda ko‘plab ligalarda koronavirus pandemiyasi tufayli mavsum to‘xtatilgan va uni avvaldan rejalashtirilgan sanada yakunlash ehtimoli past.

Tashkilotning ichki hujjatlariga ko‘ra, agar futbolchining shartnomasi muddati mavsumning dastlabki yakunlanish sanasida tugaydigan bo‘lsa, u holda yangi sanagacha uzaytirilishi lozim.

Bundan tashqari, mavsumning yangi sanasini e’tiborga olgan holda, transfer oynasi muddatini ham uzaytirish ko‘zda tutilmoqda. Bunda, uzaytirish muddati 16 haftadan oshmasligi shart.

Klublar orasidagi mavsumning boshi va oxiriga belgilangan transfer to‘lovlari ham yangi sana ma’lum bo‘lgunga qadar kechiktirilishi lozim.

Qo‘shimchasiga, agar klublar moliyaviy muammolarga duch kelsa, yaqinda tashkil qilingan “Professional futbolchilarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi”dan yordam olishlari ham mumkin.

Facebook Comments