Bugun, 25-fevral kuni soat tonggi 07:30 larda Fargʻona viloyati Uchkoʻprik tuman Puchugʻoy qishlogʻidagi uylarning birida yashovchi 18 yoshli ayol oʻz uyiga oʻrnatilgan sandalning tutashi oqibatida is gazidan zaharlangan. Fuqaro F.M sandalda kuyishi natijasida vafot etgan.

Viloyatda bugun soat 13:00 larda Fargʻona shahar Beglar MFYda istiqomat qiluvchi 38 yoshli M.X. va birga yashovchi turmush oʻrtogʻi G.Q.,lar yashash xonadonida is gazidan zaharlanishi natijasida M.X. hodisa joyida vafot etgan. G.Q. davolanish uchun shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda Fargʻona viloyat IIB xabar berdi.

Facebook Comments