Markaziy Osiyo MMA Konfederatsiyasi, MMA va Oʻzbekiston Triatlon Federatsiyasi prezidenti, prezident xavfsizlik xizmati boshligʻining oʻrinbosari Otabek Umarov telegramda oʻz kanalini ochdi.“Endi men ham siz bilan birgaman” – Otabek Umarov telegramda rasmiy kanalini ochdi

“Telegram allaqachon hayotimizning muhim boʻlagiga aylanib ulgurdi. Oilamiz, doʻstlarimiz va hamkasblarimiz bilan muloqot qilish uchun juda ham qulay messenjer. Kanallar esa maʼlumot tarqatish va olishning asosiy manbasiga aylandi. Mening nomimdan bir nechta soxta kanallar ochilgani haqida maʼlum qilishdi, yolgʻon maʼlumotlar tarqalishining oldini olish maqsadida, men rasmiy kanal ochishga qaror qildim. Endi men ham siz bilan birgaman. Oʻylaymanki, siz bilan oʻrtamizda mazkur kanal fikr almashish uchun yaxshi maydonga aylanadi”, deya yozadi Otabek Umarov.

“Endi men ham siz bilan birgaman” – Otabek Umarov telegramda rasmiy kanalini ochdiOtabek Umarovning telegramdagi kanalga ulanish uchun ushbu havolaga bosing.

Facebook Comments