Iordaniya poytaxtida davom etayotgan boks boʼyicha Osiyo/Okeaniya mintaqalari uchun Tokio Olimpiadasiga yoʼllanma beruvchi turnir davom etadi. Biroz avval hamyurtimiz Bobousmon Baturov (-69 kg) chorak final jangini yakunladi. Bu haqda milliy olimpiya axborot markazi xabar berdi.

Xitoylik Kiong Yersunga qarshi jang olib borgan yurtdoshimiz 3 raund davom etgan bellashuvda ustunligini namoyish qildi va bahsni oʼz foydasiga hal qildi. Eng asosiysi, ushbu gʼalaba Baturovga Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʼyinlari yoʼllanmasini taqdim qildi.

Musobaqa reglamentiga koʼra -69 kilogramm vazn toifasida ushbu musobaqada Tokio-2020 uchun 5 ta kvota oʼynalmoqda. Demak, yarim final final yoʼllanmasi jizzaxlik bokschimizga Olimpiadada qatnashish huquqini beradi.

Shu tariqa delegatsiyamizning Tokio-2020 Olimpiya oʼyinlariga qoʼlga kiritgan yoʼllanmalari soni 15 taga yetdi. Bugun Olimpiada litsenziyalari uchun ringga koʼtariladigan yana 4 nafar bokschimizga ham mana shunday gʼalabalar yor boʼlishini tilab qolamiz.

Facebook Comments