Angliya Premer-Ligasi klublariga futbolchilar bilan qisqa muddatli shartnomalarni imzolash uchun ruxsat berilishi mumkin.

Koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tufayli mavsumning cho‘zilib ketishi shartnomasi muddati iyun oxirida tugaydigan futbolchilarni xavotirga solmoqda.

UEFA barcha ligalarga 31 iyungacha mavsumni yakunlash haqida tavsiya bergan. Ammo vaziyat yaxshilanmasa, chempionatlar bunga ulgurmasligi mumkin.

The Telegraph xabariga ko‘ra, bunday sharoitda qisqa muddatli shartnomalarga vaziyatdan chiqib ketish yo‘li sifatida qaralmoqda.

Facebook Comments