Andijon va Namangan viloyatida 24-aprel, juma kuni, jami 19 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Namangan viloyatida 14 nafar, Andijon viloyatida esa 5 nafar bemor butkul sog‘aygan bo‘lib, ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatilgan.

Namanganda sog‘ayganlarning 4 nafari erkak, 10 nafari ayollar bo‘lib, barchasi Namangan viloyatidan. Andijonda darddan forig‘ bo‘lganlarning 5 nafari ham ayollar bo‘lib, barchasi ushbu viloyatdan. Ikkita viloyatdan jami 19 nafar bemor koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Ular orasida eng yoshi kattasi 79 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 20 yoshda.

Facebook Comments