Butunjahon turistik tashkiloti (UNWTO)ning “COVID-19 sabab sayohatlarga cheklovlarning global sharhi” oraliq hisobotiga ko‘ra, hozirgi vaqtda dunyoning 96 foiz mamlakatida sayohatlarga cheklovlar joriy qilingan.

2020 yilning yanvar oyi oxiridan 6 apreliga qadar 209 mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab sayohatlarni cheklovchi choralar qabul qilindi:

  1. 90 mamlakat to‘liq yoki qisman o‘z chegaralarini yopdi;
  2. 44 davlat XXR, Koreya Respublikasi, Eron, Yevroittifoq mamlakatlari sayyohlari uchun chegaralarni yopdi;
  3. 56 mamlakat to‘liq yoki qisman xalqaro reyslarni to‘xtatdi;
  4. 19 mamlakat turli cheklov choralarini qo‘llamoqda:
  5. a) mamlakatga kirgandan so‘ng 14 kun davomida zudlik bilan o‘z-o‘zini yakkalash yoki karantin rejimiga o‘tish talabi;
  6. b) mamlakat hududiga kirgandan keyin vizaning bekor qilinishi yoki viza berishni to‘xtatish;
  7. c) ma’lum bilan joylardan kelayotgan yo‘lovchilarning sayohatiga taqiqlov;
  8. d) COVID-19 aniqlanmagan, chegaradan o‘tayotgan yo‘lovchilardan tibbiy ma’lumotnomaning bo‘lishini talab qilish.

Mintaqaviy miqyosda oladigan bo‘lsak, Afrika, Osiyo va Tinch okeani, shuningdek Yaqin Sharqdagi barcha mamlakatlar sayohatlarga cheklovlar kiritdi, Yevropa mintaqasida – 93 foiz mamlakatda va Amerika qit’asida – 92 foiz mamlakatlarda sayohatlarga cheklovlar joriy qilindi. Sayohatlarga cheklovlar koronavirus tasdiqlanish ko‘rsatkichlari oshishiga qarab geografik jihatdan kengaydi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusni pandemiya deya e’lon qilganidan keyin, joriy yilning 9 martidan 24 martigacha sayohatlarga cheklovlar qabul qilgan mamlakatlar soni 2,2 barobarga (81 tadan 181 taga) ko‘paydi. Bundan tashqari, hisobotda qayd etilishicha, 2020 yilning 6 aprel holatiga ko‘ra, birorta mamlakat COVID-19 munosabati bilan joriy qilingan cheklovlarni bekor qilgani yo‘q.

Facebook Comments