Brent bahosidagi neftning bir barreli London birjasida $16 dan taklif qilinmoqda. Soat 9:30 da barreli $15.99 gacha tushgan edi.

Oxirgi marta Brent markali neftning narxi 1999 yilda 16 dollardan arzonroqqa sotilgan. XXI asrda uning eng arzon narxi 2001 yil 19 noyabrda qayd etilgan edi — $16,65.

Bozor tonggi 8 da keskin pasaydi. Ungacha savdolar $18,5 – 19 koridorida amalga oshirilayotgan edi. Shu bilan birga narx juda beqaror bo‘lyapti. Neft narxi $16 dan pasayishidan bir daqiqa o‘tib, 17 dollarga ko‘tarilgan.

Facebook Comments